A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
18
16.04.2026
Unda ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, shuningdek, institutda ilmiy-uslubiy ishlar samaradorligi va nashrlar sifatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xususan, institut professor-o‘qituvchilari va tayanch doktorantlari tomonidan tayyorlangan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish hamda nashrga tavsiya etish jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.




