Hududiy pedagogik mahorat markazlari professor-o'qituvchilari va metodistlari uchun ta'limda xalqaro hamkorlik mavzusida seminar-trening tashkil etildi
Und UNDP ning O'zbekiston vakili Anas Fayyad Karman va tinglovchilar o'rtasida xalqaro grantlarning strategik ahamiyati, ularning ta'lim jarayonlariga ta'siri hamda pedagogik faoliyatdagi o'rni yuzasidan keng fikr va mulohazalar almashinuvi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tarkibidagi UNICEF, UNESCO hamda UNDP kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarning grant dasturlari, moliyalashtirish yo'nalishlari va ta'lim tizimini rivojlantirishdagi roli haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.
Seminar-treningda xalqaro grant dasturlari orqali ta'lim sifatini oshirish, innovatsion pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish va pedagoglarning kasbiy kompetentligini mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.








