Axborot makonida kutubxona: Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda kutubxonachilarning o‘rni
40
16.04.2026
Institutda malaka oshirayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktab Kutubxona rahbar va xodimlari uchun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishida, kitoblarni to‘g‘ri tanlash, o‘qish va tushunish ko‘nikmalarining shakllanishida kutubxonachilar faoliyatining ahamiyati bo‘yicha bilim-ko‘nikmalar berildi.
Shuningdek, maktab kutubxonachilarining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdagi o‘rni, zamonaviy axborot texnologiyalari va elektron resurslar bilan ishlashi bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.




