Britaniya Kengashi hamda Buyuk Britaniya hukumati vakillari Institutga tashrif (https://t.me/avloniyuz/12083) davomida institut faoliyati, zamonaviy ta’lim muhiti va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar
31
18.04.2026
Tashrif yakunida delegatsiya Britaniya Kengashi hamda Norwich Institute for Language Education bilan hamkorlikda tashkil etilgan Uzluksiz kasbiy rivojlanish markazi (CPD Hub) faoliyati bilan tanishib, o‘qituvchilar ishtirokidagi amaliy trening jarayonlarini kuzatdilar.
Mazkur tashrif Buyuk Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi bosqichda qo‘shimcha maktablarni jalb etish hamda o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.









