Institutning ikki nafar tadqiqotchilari PhD dissertatsiyalarini himoya qildi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib, unda quyidagi dissertatsiyalar muhokama qilindi:
Xudayberdiyeva Janona Rustamovnaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini individuallashtirishning pedagogik tizimini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi;
Sodiqov Rafikjon Turobjon o‘g‘lining 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha “Raqamli texnologiyalar asosida ta’lim sifatini boshqarish jarayonini takomillashtirish (umumiy o‘rta ta’lim maktablari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi.
Dissertatsiya ishlari yuzasidan rasmiy opponentlar hamda yetakchi tashkilotlarning xulosalari tinglandi va ilmiy kengash a’zolari tomonidan muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra dissertatsiya ishlari 100 foiz ovoz bilan ma’qullandi.






