Institutda ixtisoslashgan maktablar San’at (Art) guruhi o‘qituvchilari uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
Mazkur mashg‘ulotda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, manzarachi rassom Abdug‘ani Adilov hamda O‘zbekona Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zosi, manzarachi rassom Dilmurod Yo‘ldashev ishtirok etib, tinglovchilar uchun manzara yo‘nalishida etyud ishlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazib berdilar.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar rassomlardan etyud ishlashning o‘ziga xos jihatlari, kompozitsiya, rang tanlash, tabiat manzaralarini tasvirlash usullari bo‘yicha zarur tavsiyalar oldilar. Shuningdek, o‘quvchilarda rasm chizish ko‘nikmasini shakllantirishda zamonaviy metod va vositalardan samarali foydalanishga doir andragogik jihatlar ochib berildi.
Bu kabi amaliy uchrashuvlar o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy yondashuvini boyitish hamda tasviriy san’at yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.






