Britaniya Kengashi hamda Buyuk Britaniya hukumati vakillari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida bo‘ldilar
Mehmonlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish tizimini takomillashtirish, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari xususan, ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishiga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.
Tashrif davomida mehmonlar institutda tashkil etilgan Uzluksiz kasbiy rivojlanish markazi (CPD hub) faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Markaz va boshqa loyihalar ishtirokchilari bilan suhbatlar tashkil etilib, uzluksiz kasbiy rivojlanishning yangi modeli amaliyotga joriy etilishi, uning natijalari hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv o‘zaro hamkorlikni yana-da mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni kengaytirish hamda ta‘lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.









