Institutda mahorat darslari oyligi davom etmoqda

34 22.04.2026

Malayziyada malaka oshirgan o‘qituvchilarning yangi pedagogik metodikalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan “Tabiiy fanlarni o‘qitishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi mahorat darslar oyligi doirasida navbatdagi mashg'ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar bilim samaradorligini oshirishda SIning analitik imkoniyatlari hamda laboratoriya muammolarini hal etishda raqamli yechimlar kabi muhim mavzular o‘rganildi. Shuningdek, tabiiy fanlarda ekologik ong va barqarorlik kompetensiyalarini rivojlantirishda SI texnologiyalarining o‘rni tahlil qilindi.

Ishtirokchilarga Rumah Pendidikan, Simpop, Java lab, World Geography, Wordwall va Nearpod kabi platformalar yordamida interfaol o‘yinlar, virtual laboratoriyalar va qiziqarli taqdimotlar yaratish bo‘yicha amaliy topshiriqlar berildi.

Mazkur jarayonlar 29-aprel va 6-may kunlari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Toshkent shahar mentorlari uchun oflayn hamda respublika miqyosidagi tabiiy fan o‘qituvchilari uchun onlayn tarzda davom ettiriladi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech