PIRLS 2026 Surxondaryo

6 24.04.2026

PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari Surxondaryo viloyatida davom etmoqda

Tadqiqot jarayonlarida viloyatning 14 ta maktabidan jami 414 nafar o‘quvchi, ularning ota-onalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda maktab direktorlari faol ishtirok etmoqdalar.

Ma’lumot uchun eslatib o‘tamiz, har besh yilda bir marta o‘tkaziladigan PIRLS tadqiqoti 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini xalqaro darajada baholaydi.

PIRLS 2026 tadqiqotning oltinchi davri bo‘lib, unda qatnashayotgan barcha davlatlar baholash jarayonida to‘liq raqamli formatda ishtirok etmoqda.

Innovatsion topshiriq turlari interaktiv matnlar orqali o‘quvchilarning raqamli muhitda ishlash, tanqidiy fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini baholash imkonini beradi.

Shuningdek, PIRLS 2026 natijalari o‘quvchilarning o‘qish jarayonidagi kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, ta’lim siyosatini takomillashtirish hamda o‘qitish metodikasini rivojlantirish uchun muhim tahliliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech