Oliy Majlis Senatining qo‘mitasi raisi Baxrom Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh institutda bo‘ldi.
Ular institut faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar hamda o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, kasbiy rivojlanish kuni va soati doirasida tashkil etilayotgan treninglar, o‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimi, shuningdek, menejerlik kurslarini tashkil etish va ularda ta’lim sifatini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, raqamlashtirish yo‘nalishida ishlab chiqilgan taqdimotlar bilan tanishib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.
O‘rganish jarayonida qo‘mita raisi malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan tinglovchilar, xususan, hududiy pedagogik mahorat markazlaridan kelgan o‘qituvchilar hamda menejerlik kursida tahsil olayotgan maktab direktorlari bilan suhbatlashdi.
Muloqot davomida o‘zaro fikr almashilib, ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.









