PIRLS 2026 Farg‘ona viloyatida
Farg‘ona viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqotining asosiy sinov jarayonlarida 17 ta maktabdan jami 646 nafar o‘quvchi, ularning ota-onalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda maktab direktorlari ishtirok etmoqdalar.
PIRLS NIMANI BAHOLAYDI?
PIRLS tadqiqotida to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining o‘qish qobiliyatini baholashdan tashqari, maktab, o‘qituvchi, o‘quvchi va uy so‘rovnomalari orqali o‘qishni o‘rgatish va o‘rganish bilan bog‘liq uy va maktabdagi kontekstual omillar tahlil qilinadi.
PIRLS shuningdek, har bir mamlakatning o‘qish orqali o‘rganish uchun ta’limdagi konteksti haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ensiklopediya taqdim etadi.
✅Ushbu boy ma’lumotlar ta’lim tizimining:
➖O‘qishni o‘rganishni osonlashtirish uchun qanday tashkil etilgani;
➖o‘quvchilarning uy muhiti va o‘qishiga yordam;
➖maktabdagi muhit va resurslar
hamda sinflarda odatda qanday ta’lim berilishi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
PIRLS xalqaro tadqiqoti orqali ta’lim tizimining zamonaviy talablarga moslashuvchanligi hamda samaradorligi tahlil qilinadi.









