Bugun PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari Namangan viloyatida bo‘lib o‘tmoqda

21 29.04.2026

Tadqiqot jarayonlarida viloyatning 14 ta maktabidan jami 613 nafar o‘quvchi, ularning ota-onalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda maktab direktorlari faol ishtirok etmoqdalar.

O‘zbekiston ushbu tadqiqotda ikkinchi marotaba ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, har besh yilda bir marta o‘tkaziladigan PIRLS tadqiqoti 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholashga qaratilgan bo‘lib, quyidagi ko‘nikmalarni aniqlashga xizmat qiladi:

➖ matndan zarur ma’lumotlarni ajratib olish;
➖ xulosalar chiqarish;
➖ tahlil qilish;
➖ g‘oya va ma’lumotlarni talqin qilish hamda uyg‘unlashtirish.

Mazkur xalqaro tadqiqot orqali ta’lim tizimining zamonaviy talablarga moslashuvchanligi hamda samaradorligi tahlil qilinadi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech