PIRLS 2026 Toshkent viloyatida
Toshkent viloyatida PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqotining asosiy sinov jarayonlarida 11 ta maktabdan jami 470 nafar o‘quvchi, ularning ota-onalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda maktab direktorlari ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: PIRLS tadqiqoti har bir mamlakatning o‘qish orqali o‘rganish uchun ta’limdagi konteksti haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ensiklopediya taqdim etadi.
✅Ushbu boy ma’lumotlar ta’lim tizimining:
➖O‘qishni o‘rganishni osonlashtirish uchun qanday tashkil etilgani;
➖o‘quvchilarning uy muhiti va o‘qishiga yordam;
➖maktabdagi muhit va resurslar
hamda sinflarda odatda qanday ta’lim berilishi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
PIRLS xalqaro tadqiqoti orqali ta’lim tizimining zamonaviy talablarga moslashuvchanligi hamda samaradorligi tahlil qilinadi.









