Bugun PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari Toshkent shahrida o‘tkazildi
Bugun PIRLS 2026 xalqaro baholash tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari Toshkent shahrida o‘tkazildi
Tadqiqot jarayonlarida tasodifiy tanlangan 11 ta maktabdan jami 658 nafar o‘quvchi, ularning ota-onalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda maktab direktorlari ishtirok etdilar.
Ma’lumot uchun: PIRLS 2026 xalqaro baholash dasturi bo‘lib, ishtirokchi mamlakatlar to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining qanchalik yaxshi o‘qiyotganliklari haqida yuqori sifatli xalqaro qiyosiy, tahliliy ma’lumotlarni taqdim etadi.
Tadqiqot quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etadi:
➖O‘rtacha o‘qish savodxonligi ko‘rsatkichlari;
➖PIRLS xalqaro benchmarking darajalariga erishgan o‘quvchilar ulushi hamda har bir darajadagi o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalariga oid tavsiflar;
➖adabiy va ma’lumot olish maqsadlariga ko‘ra, shuningdek, tushunish jarayonlari kesimida o‘qish natijalari;
➖o‘quvchilar guruhlari (masalan, jins) kesimida natijalar;
➖oldingi PIRLS baholashlari bilan solishtirilganda kuzatiladigan tendensiyalar;
➖ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar, jumladan, o‘quvchining uy va maktabdagi hayoti, o‘qituvchilari hamda sinfdoshlari bilan munosabatlariga oid muhim kontekstual ma’lumotlar.









