Metodik ishlarni ommalashtirish: Mazmuniy ekspertiza jarayonlari davom etmoqda
42
30.04.2026
O‘qituvchilarning ilg‘or tajribalari va zamonaviy metodikalarini saralashga qaratilgan ekspertiza bosqichining 7-kuni bo‘lib o‘tdi.
Baholash jarayonlari o‘quv-metodik kengashlar tomonidan xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida, materiallarni anonim (shifrlangan) holda ko‘rib chiqish orqali amalga oshirildi.
Har bir ish mustaqil ekspertlar tomonidan qat’iy mezonlar asosida sinchkovlik bilan o‘rganildi.
Ushbu tizimli yondashuv eng sifatli pedagogik ishlanmalarni aniqlash va ularni ta’lim jarayoniga keng joriy etishga xizmat qiladi.







