Institutda tabiiy fan o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi
8
08.05.2026
Respublika umumta’lim maktablarining tabiiy fan o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan seminar “Tabiiy fanlarni o‘qitishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusida olib borildi.
Seminarda ta’limda raqamli platformalar va sun’iy intellekt integratsiyasi, o‘qituvchilar uchun SI asosida dars rejasi, konspekt va prezentatsiyalarni tayyorlashni avtomatlashtirish, SI orqali testlar tuzish va o‘yinlar yaratish hamda amaliy mashg‘ulotlar (SI asosida topshiriqlar) ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berildi.









