Institutda tadqiqotchilar uchun "Dissertatsiya ishi avtoreferatini tayyorlashga qo‘yilgan eng muhim qoidalar" mavzusida seminar-trening o'tkazildi
25
11.05.2026
Seminarda institut Ilmiy kotibi Isroil Xurramov avtoreferat dissertatsiyaning pasporti sifatida uning qisqartirilgan, tizimli va ilmiy jihatdan asoslantirilgan shakli ekanligini ta'kidlab:
➖ ilmiy dolzarblikni asoslash mezonlari;
➖ilmiy yangilikni yozish texnikasi;
➖natijalarning amaliy ahamiyatini asoslash;
➖ tadqiqot mohiyatini qisqa va aniq yoritish;
➖ himoyaga olib chiqiladigan holatlar;
➖eng ko‘p uchraydigan xatolar haqida batafsil to‘xtalib, tavsiyalar berib o‘tdi
Seminar-treningda tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.








