TIMSS 2027 tajriba-sinov jarayonlarini xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish maqsadida test administratorlari uchun seminar-trening tashkil etildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi institut hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur treningga 29 nafar mutaxassislar jalb etildi.
Unda ishtirokchilarga test administratorlarining asosiy vazifalari, tadqiqot materiallari bilan ishlash tartibi, test va so‘rovnomalarni o‘tkazish jarayonlari, maxsus platformani ishga tushirish va undan foydalanish, test jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni boshqarish bo‘yicha batafsil nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, TIMSS 2027 tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlarida ishtirok etish uchun tasodifiylik tamoyili asosida Respublika hududlaridan 27 ta maktabdan jami 108 ta sinf tanlab olingan hamda tajriba-sinov jarayonlari joriy yilning may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.









