A.Avloniy nomidagi institut o‘qituvchisi Xitoyda malaka oshirmoqda
31
23.05.2026
Institutning “Boshlang’ich ta’lim va filologiya fanlari metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Maftuna Xidirova Xitoyning Pekin shahrida joylashgan Xalqaro Iqtisodiyot va Biznes Universitetida “The future of Tesol/Tefl in Asian countries” mavzusida tashkil etilgan malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda.
Kurslarda xorijiy tilni o‘qitishda Xitoy tajribasi, sinfni boshqarish, xorijiy til ko‘nikmalarini baholash usullari va xorijiy til o‘qituvchilarini tayyorlash kabi mavzular doirasida bilim-ko‘nikmalar berilmoqda.





