Bugun, 25-may kuni Institutda "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o'tkazilmoqda
26
25.05.2026
Aksiya doirasida A.Avloniy nomidagi institut rahbariyati va xodimlari ham xizmat avtotransport vositalaridan foydalanmagan holda ish joyiga jamoat transporti hamda boshqa muqobil harakatlanish vositalarida yetib kelib, tashabbusda faol ishtirok etmoqda.
Avtomobilsiz harakatlanish orqali eng avvalo:
- sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
- atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish;
- avtomobil tirbandligini kamaytirish;
- jamoat transporti tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo'shamiz.









