Shenyan pedagogika universiteti bilan Institut rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi boʻyicha ilgʻor tajribalarni o‘rganish hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, kelgusidagi hamkorlik rejalari, raqamli ta’lim va sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, seminar-trening va workshoplar tashkil etish hamda ushbu yo‘nalishlarda tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, kelgusida Xitoyga amalga oshiriladigan tashrif davomida umumta’lim muassasalari faoliyati, dars jarayonlari hamda ta’limni tashkil etish mexanizmlari bilan yaqindan tanishish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida o'zaro Anglashuv memorandumi (MoU) loyihasini ishlab chiqish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.



