Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi pedagog-xodimlari Fransiyada malaka oshirmoqda

23 28.05.2026


Fransiyaning Francophonia til markazi bilan tuzilgan oʻzaro anglashuv memorandum doirasida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi institut, Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi hududiy boshqarmalar va hududiy pedagogik mahorat markazlaridan jami 25 nafar pedagog-xodimlar ishtirok etmoqda.

Fransiyalik professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan mazkur dastur pedagog va rahbar kadrlarning xalqaro darajadagi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Malaka oshirish kurslarida pedagog va rahbar kadrlarning boshqaruv, metodik hamda kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish (CPD) tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, zamonaviy pedagogik metodologiyalar hamda innovatsion texnologiyalarni ta‘lim jarayoniga joriy etish masalalariga alohida e‘tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, kurslar doirasida “Master trainer” va “Formateurs de formateurs” modellari asosida trenerlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, sun‘iy intellekt asosidagi raqamli yordamchilarni ta‘lim tizimiga integratsiya qilish hamda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi akademik almashinuv, ilmiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Ma‘lumot uchun, joriy yilning fevral–mart oylarida ham Francophonia markazida 50 nafar rahbar va pedagog kadrlar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilgan edi.




2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech