Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda
Uchrashuvda aholining madaniyat va sanʼatga qiziqishini oshirish, yoshlarda ijodga mehr uygʻotish uchun sanʼatkor va muxlis oʻrtasida jonli muloqotni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Har yili 500 ming oʻqituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, faol oʻquvchi va talabalarga, 100 ming ehtiyojmand oila va nogironligi bor bolalarga teatr, kino va konsertga bepul vaucher taqdim etiladi.
Bundan tashqari, 1-iyuldan har bir tuman va mahallada konsert-tomosha oʻtkazish xarajatining 20 foizgacha qismi budjetdan qoplab beriladi.
Shuningdek, konsert-tomosha, xususiy teatr, kinematografiya, bolalar kontenti faoliyati bilan shugʻullanuvchilar, madaniyat-sanʼat yoʻnalishidagi xususiy taʼlim tashkilotlari qoʻshilgan qiymat, foyda, aylanma, yer, mulk va daromad soliqlaridan ozod qilinadi.


