Bugun institutda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ko‘magida amalga oshirilayotgan BRIGHT (Basic Research and Interventions to Generate Highly-qualified Teachers) loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

34 04.06.2026


Uchrashuvda institut rektori Abduvali Ismailov hamda mas’ullar, shuningdek, loyiha ekspertlari Kenji Ohara va Kana Takahashi ishtirok etdi.

Muloqot davomida loyiha faoliyatining joriy holati, bugungi kunga qadar erishilgan natijalar, 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ish rejalari hamda pilot maktablarda olib borilayotgan tadqiqotlar yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi.

Shuningdek, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda hamkorlikning istiqboldagi yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish va o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech