PIRLS 2026 tadqiqoti doirasida baholovchilar uchun treninglar boshlandi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida PIRLS 2026 asosiy tadqiqoti doirasida o‘quvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini baholash jarayonlariga jalb etilgan 20 nafar mutaxassis uchun trening mashg‘ulotlari boshlandi.
Ma’lumot uchun, tadqiqotning asosiy sinov jarayonlarida respublikaning barcha hududlaridan saralangan 164 ta maktabning 214 ta sinfidan 5854 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
4–8-iyun kunlari davom etadigan treninglar davomida ishtirokchilarga xalqaro baholash standartlari asosida javoblarni baholash, elektron platformadan foydalanish hamda kodlash qoidalarini qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
Mazkur treninglar baholash jarayonlarining ishonchliligi, xolisligi va xalqaro talablar darajasida tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.









