A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, shuningdek, institutda ilmiy-uslubiy ishlar samaradorligi va nashrlar sifatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xususan, institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish hamda nashrga tavsiya etish jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek:
- 2026-yil 3-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka tavsiya etilgan talabgorlarning dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlarini tasdiqlash;
- A.Avloniy nomidagi institutning ilmiy faoliyatga oid Ilmiy etika qoidalarini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.



