Ommalashtirish jarayonlarining respublika bosqichi boshlandi

5 10.06.2026

Respublika bosqichida talabgorlar o‘z metodik ishlari yuzasidan taqdimot qilmoqdalar.

Jarayonda talabgorlar tomonidan taqdim etilgan metodik ishlarning amaliy ahamiyati, yangiligi, ta’lim sifati va pedagogik samaradorlikka qo‘shadigan hissasi alohida e’tiborga olinishi belgilangan.

Mazkur metodik ishlar Respublika Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan belgilangan mezonlar asosida o‘rganilib, baholash mezonlari asosida xolis baholanmoqda va shaffofligini ta’minlash maqsadida videoyozuv orqali qayd etib borilmoqda.
Ushbu bosqichning asosiy maqsadi — ta’lim tizimida samarali natija berayotgan ilg‘or tajribalarni aniqlash, ularni keng ommalashtirish hamda o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Respublika bosqichi yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi hamda natijalar ommalashtirish.avloniy.uz platformasi orqali talabgorlarning shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.
Ma’lumot uchun eslatib o‘tamiz:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi hamda ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish ishlari belgilangan tartibda olib borilmoqda.

Joriy yilda respublika bo‘yicha jami 49 128 ta metodik ish ommalashtirish.avloniy.uz platformasi orqali qabul qilinib, ular texnik hamda mazmuniy ekspertiza bosqichlaridan o‘tkazildi.

Ekspertiza natijalariga ko‘ra, 75 va undan yuqori ball to‘plagan 488 ta metodik ish respublika bosqichida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etildi.


Respublika miqyosida ommalashtirilmagan ishtirokchilarga metodik ishlarini yanada takomillashtirib, kelgusida ommalashtirish jarayonlarida faol ishtirok etishlarini tavsiya etamiz.

Jarayonlarga oid batafsil ma’lumotlar rasmiy sahifalarimiz orqali e’lon qilib boriladi.

Batafsil: ommalashtirish.avloniy.uz

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech