Ayni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi vakillari Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib oʻtayotgan xalqaro amaliy seminarda ishtirok etmoqda.
5
10.06.2026
Seminar ishtirokchilari kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha yangi bilimga ega boʻlmoqda.
Shuningdek, seminarda Oʻzbekiston va Xitoy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda professional aloqalarni mustahkamlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Eslatib oʻtamiz, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Shenyan pedagogika universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Bugun ushbu hamkorlik boʻyicha qoʻshma dasturlar amalga oshirilmoqda.
➖ Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi taʼlim sohasiga doir mazkur hamkorlik ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishda muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.



