Koreya Respublikasi delegatsiyasi institut faoliyati va yangilangan kampusi bilan tanishdi
8
11.06.2026
A.Avloniy nomidagi institutda bo‘lgan Koreya Respublikasi pedagog kadrlar malakasini oshirish institutlari rahbarlaridan iborat delegatsiya a’zolari institut faoliyati hamda so‘nggi yillarda yaratilgan zamonaviy infratuzilma imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Mehmonlar Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi va Axborot-resurs markazida bo‘lib, kutubxona fondi, ta’lim fidoyilari burchagi hamda pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qilayotgan zamonaviy sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.






