Tinglovchilar nazariy bilimlari tarixiy manbalar bilan uyg‘unlikda
A.Avloniy nomidagi institutda malaka oshirayotgan “Davlat va huquq asoslari” fani bo‘yicha uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi tinglovchilari Temuriylar tarixi davlat muzeyida amaliy dars o‘tkazdilar.
Muzeyda tinglovchilar Amir Temur va temuriylar davridagi davlatchilik an’analari, davlat boshqaruvi, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillariga oid tarixiy manbalar hamda eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Ayniqsa, “Temur tuzuklari”da aks etgan rahbar mas’uliyati, adolat va qonunlarga rioya qilishga oid g‘oyalar yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur amaliy mashg‘ulot tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, tarixiy manbalardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yosh avlodda vatanparvarlik va huquqiy ongni shakllantirishga xizmat qildi.









