Institutning malaka oshirish kursi biologiya yo‘nalishi tinglovchilari uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

12 20.06.2026

Mashg‘ulot davomida laboratoriya ishlarining ta’limiy ahamiyati, tajriba o‘tkazish metodikasi hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tinglovchilar laboratoriya xonalarining jihozlanishi, asbob-uskunalar va reagentlarni saqlash talablari bilan yaqindan tanishdilar.

Amaliy qismda ishtirokchilar sun’iy nafas berish usullari, Benedikt reaksiyasi hamda oqsillarning sifat reaksiyalarini bajarib, tajriba natijalarini tahlil qildilar.

Mazkur mashg‘ulot biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga xizmat qildi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech