Tarix fani tinglovchilari uchun amaliy mashg‘ulot muzeyda tashkil etildi
Institut malaka oshirish kursining tarix fani tinglovchilari uchun amaliy mashg‘ulot darsi “Gʻalaba bog‘i” va “Shon-sharaf” davlat muzeyida o‘tkazildi.
Muzeylarda o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, tarixiy bilimlarini boyitish hamda tarixiy xotira va vatanparvarlik g‘oyalarini ta’lim jarayonida samarali targ‘ib yetish ko‘zda tutilgan.
Amaliy mashg‘ulot davomida tinglovchilar Ikkinchi jahon urushi yillariga oid tarixiy eksponatlar, hujjatlar, fotosuratlar va boshqa manbalar bilan tanishib, xalqimizning front va front ortidagi jasorati, fidokorona mehnati hamda tinchlik yo‘lidagi kurashi haqida batafsil ma’lumot oldilar.









