Tadqiqotchilarning ilmiy faoliyati monitoring qilindi

37 25.06.2026


A.Avloniy nomidagi institutda doktorant (DSc) va tayanch doktorant (PhD) tadqiqotchilarning ilmiy faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha monitoring jarayonlari o‘tkazildi.

Monitoring O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 304-son qarorida belgilangan mezonlar asosida tashkil etilib, ishchi guruh tomonidan quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

- izlanuvchilarning yakka tartibdagi ish rejalarining bajarilish holati;
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy maqolalarning nufuzli ilmiy nashrlarda chop etilishi;
- ilmiy-amaliy konferensiyalarda dissertatsiya mavzusi yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etilishi;
- tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi hamda ilmiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi boshqa ko‘rsatkichlar.

Shuningdek, monitoring davomida tadqiqotchilarning ilmiy faoliyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tavsiya va takliflar berildi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech