Institut kengashining navbatdagi 6-son yig‘ilishi o‘tkazildi
29
03.07.2026
Kengashda kun tartibidagi quyidagi:➖ Menejerlik o‘quv kurslarining tashkil etilishi;➖ Hududiy pedagogik mahorat markazlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kelishish tartibini tasdiqlash;➖ Institut Ilmiy metodik kengash Nizomi va Kengash tarkibini tasdiqlash;➖ O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish bo‘yicha Respublika bosqichi natijalarini ko‘rib chiqish;➖ Qayta tayyorlash kurslari faoliyatini takomillashtirish;➖ Magistratura bitiruvchilarining yakuniy hisobotlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyasi;➖ Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari bajarilishi;➖ Tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyati monitoringi natijalari kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilindi va mas’ullarga vazifalar belgilandi.









