Ilmiy unvon hamda ilmiy darajalarni tasdiqlovchi hujjatlar o'z egalariga topshirildi.
Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining tegishli qaroriga muvofiq A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining quyidagi xodimlari va izlanuvchilariga:
Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori Xakimova Dildoraxon Mashrabjonovnaga professor ilmiy unvoni attestati;
Baholash markazi direktori Sodiqov Rafikjon Turobjon o‘g‘li hamda tadqiqotchi Xudayberdiyeva Janona Rustamovnaga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini tasdiqlovchi diplomlar topshirildi.
Ilmiy unvon attestati hamda ilmiy darajalar diplomlari Institut kengashi yig'ilishida rektor Abduvali Ismailov tomonidan o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.


