A.Avloniy nomidagi institut rektori boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida o‘tkazilgan “2026-yilgi Xorijiy global kompetensiya dasturi” mavzusidagi brifingda ishtirok etdi
Shanxay pedagogika universiteti hamda UNESCO huzuridagi Pedagogik ta’lim markazi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan ta’lim sohasi vakillari, universitet talabalari va professor-o‘qituvchilar qatnashdi. Tadbirda institut rektori Abduvali Ismailov nutq so‘zlab, global kompetensiyalarni rivojlantirish, xalqaro tajriba almashish hamda pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishida hamkorlikning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Brifing dasturi doirasida ishtirokchilar uchun akademik seminarlar, xalqaro tajriba almashishga qaratilgan va madaniy almashinuv tadbirlari tashkil etilib, ta’lim muassasalariga tashriflar uyushtirildi.


