Xitoydagi nufuzli malaka oshirish markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda UNESCO huzuridagi Pedagogik ta‘lim markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumga muvofiq:
➖Akademik materiallar va maʼlumotlar almashinuvi;
➖professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar almashinuvi;
➖qo‘shma ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish;
➖ maktab direktorlarini tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik;
➖simpozium, seminar va konferensiyalarni birgalikda tashkil etish nazarda tutilgan.
Mazkur memorandum ikki tashkilot o‘rtasida pedagog kadrlar va maktab rahbarlarining kasbiy rivojlanishi hamda xalqaro akademik hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.


