Institut jamoasi "Avtomobilsiz kun" aksiyasida ishtirok etmoqda
13
10.07.2026
Bugun, 10-iyul kuni A.Avloniy nomidagi institut rahbariyati va xodimlari ham "Avtomobilsiz kun" aksiyasi doirasida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanmagan holda ish joyiga jamoat transporti hamda boshqa muqobil harakatlanish vositalarida yetib kelib, tashabbusda faol ishtirok etmoqda.
Avtomobilsiz harakatlanish orqali:
➖ sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
➖ atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish;
➖ avtomobil tirbandligini kamaytirish;
➖ jamoat transporti tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shamiz.
Maʼlumot uchun eslatib o‘tamiz, “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-maydan har oyning 10 va 25 sanalarida “Avtomobilsiz kun”, “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib boriladi.








