KRK va KRS yangi o'quv dasturlari Britaniya Kengashi va NILE bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi

18 14.07.2026

Britaniya Kengashi, NILE hamda Avloniy nomidagi institut rahbariyati o'rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Angliyadagi NILE instituti direktori Thom Kiddle, ushbu institut vakili Emma Jayne, Britaniya Kengashi vakili Sadokat Khodjaeva ishtirok etib, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishiga qaratilgan zamonaviy o‘quv dasturlari va kontentini ishlab chiqishga qaratilgan loyiha masalalari muhokama qilindi.

Ushbu loyihada 12 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha 86 nafar kontent ishlab chiquvchi pedagoglar ishtiroki belgilangan bo‘lib, ular uchun 15–17-iyul kunlari xalqaro ekspertlar ishtirokida trening tashkil etilishi belgilandi.

Shuningdek:
o‘quv dasturining umumiy va fanlarga xos mavzulari;

sun’iy intellekt;

inklyuziv ta’lim;

zamonaviy baholash yondashuvlari;

pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga oid kontentlarni ishlab chiqish;

➖master-trenerlar uchun trening tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech