A.Avloniy nomidagi institutda Fransiyaning Frankofoniya markazi vakolatxonasi ochiladi

17 14.07.2026

Bugun institut rektori Abduvali Ismailov va masʼullar Fransiyaning Frankofoniya til markazi direktori Yann Libratti bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov va Frankofoniya markazi direktori Yann Libratti o‘rtasida imzolangan o‘zaro Anglashuv Memorandumi doirasidagi tegishli yo‘nalishlar, jumladan:

pedagoglar malakasini oshirish;
➖ trenerlar tayyorlash;
➖ chet tili mutaxassislarini O‘zbekistonga jalb etish;
➖ institutda Frankofoniya markazining vakolatxonasini ochish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Xususan, A.Avloniy nomidagi institutda Frankofoniya markazining vakolatxonasi (byurosini) ochish istiqbollari, mazkur tashabbusning huquqiy asoslari hamda tashkiliy mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi barcha fan o‘qituvchilari, jumladan, fransuz tili o‘qituvchilari uchun Frankofoniya markazi bazasida malaka oshirish kurslarini tashkil etish, ularning mazmuni, amalga oshirish bosqichlari va hamkorlikning institutsional mexanizmlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ta‘lim loyihalarini amalga oshirish hamda pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini xalqaro tajriba asosida rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishdilar.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech