Xalqaro akkreditatsiya masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Unda institut va FIBAA (Foundation for International Business Administration Accreditation) xalqaro akkreditatsiya agentligi vakillari o‘rtasida dastlabki muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda institutning uzluksiz kasbiy rivojlantirish va menejerlik o‘quv kurslari hamda ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, akkreditatsiya jarayonining asosiy bosqichlari, baholash mezonlari va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Mazkur tashabbus institutda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va xalqaro miqyosda e’tirof etilgan sifatni boshqarish tizimini joriy etishga xizmat qiladi.





