Mentor-o‘qituvchilarni saralash jarayonlari boshlandi!
2026–2027-o‘quv yilida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida 445 ta mentor-o‘qituvchi vakanti uchun 1 335 nafar nomzod shakllantirildi.
Bugun nomzodlar bilan Zoom platformasi orqali suhbatlar o‘tkazildi.
Saralash jarayonida nomzodlarning:
➖pedagogik tajribasi va kasbiy faoliyati;
➖ milliy va xalqaro sertifikatlari;
➖ raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish ko‘nikmalari;
➖ trenerlik va tajriba almashish qobiliyati;
➖ olimpiada, tanlov, loyiha, metodik qo‘llanma va maqolalardagi natijalari;
➖ liderlik, notiqlik, kreativlik va jamoada ishlash ko‘nikmalari;
➖ 4K, 5E, differensial va loyihaga asoslangan ta’lim metodlarini amaliyotda qo‘llay olishi baholanmoqda.
Asosiy maqsad — zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yangilikka ochiq, yetakchilik salohiyati yuqori hamda hamkasblarining kasbiy rivojlanishiga ko‘mak bera oladigan mentor-o‘qituvchilarni aniqlash.
Suhbat jarayonlari davom etadi.
#MentorOqituvchi #KasbiyRivojlanish #Taʼlim #Pedagog






