GIZ bilan hamkorlikda maktab maslahatchilarining malakasini oshirish dasturini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

10 18.08.2026

Bugun A.Avloniy nomidagi institutda GIZning “TexVET II” loyihasi doirasida Shveysariyaning Bern universiteti professori, kasbiy yo‘naltirish bo‘yicha ekspert Prof. Dr. Andreas Hirschi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda:
➖ maktab maslahatchilari uchun mo‘ljallangan 100 soatlik malaka oshirish o‘quv dasturini takomillashtirish;
➖ kasbiy yo‘naltirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy yondashuvlarni o‘quv dasturi mazmuniga integratsiya qilish;
➖ amaldagi o‘quv dasturini xalqaro tajriba asosida tahlil qilish hamda uni rivojlantirish bo‘yicha ekspertlik xulosasi va amaliy tavsiyalar olish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hamkorlik doirasida joriy yil yakuniga qadar maktab maslahatchilari uchun treninglar tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Treninglar natijalari, xalqaro tajriba hamda ekspert tavsiyalari asosida kelgusi o‘quv yiliga mo‘ljallangan 100 soatlik malaka oshirish o‘quv dasturini yanada takomillashtirish rejalashtirildi.

Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishda hamkorlikni davom ettirish va belgilangan ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

#KasbiyYonaltirish #TexVETII #GIZ #PedagogikMahorat #ProfessionalTaʼlim #UzluksizKasbiyRivojlanish


2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech