Nemis tili fani master-trenerlari va mentor-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli o‘quvlar boshlandi
Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Goethe Instituti bilan hamkorlikda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” (KRK va KRS) tadbirlari doirasida nemis tili fani master-trenerlari va mentor-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli o‘quvlar boshlandi.
24–29-avgust kunlari davom etadigan o‘quvlar ikki guruhda tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar uchun nemis tilini o‘qitishda zamonaviy metodik yondashuvlarga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
O‘quvlar davomida:
➖A1–A2 darajalarida retseptiv va produktiv ko‘nikmalarni rivojlantirish;
➖B1 darajasida o‘qib va tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
➖gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishning interfaol metodlari;
➖yozma nutqni rivojlantirishning usul va vositalari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.
Mazkur o‘quvlar 2026–2027-o‘quv yilida KRK va KRS tadbirlarini samarali tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi.





