Bryusselda o‘tkazilayotgan TIMSS 2027 koordinatorlarining beshinchi uchrashuvida institut mas’ullari ishtirok etmoqda

32 24.08.2026

23–28-avgust kunlari Bryusselda IEA tomonidan tashkil etilayotgan TIMSS 2027 koordinatorlarining beshinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda IEA, Boston College TIMSS & PIRLS xalqaro tadqiqot markazi (ISC) ekspertlari, ishtirokchi mamlakatlar vakillari qatorida O‘zbekiston Respublikasi nomidan Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Xalqaro tadqiqotlar markazi direktori Sardorbek Palvannazirov hamda Tadqiqot materiallarini tayyorlash bo'limi mas’ullari Abror To‘ymurodov va Nizomjon Karimovlar ishtirok  etmoqda.


Tadbir doirasida:

TIMSS 2027 tajriba-sinovi natijalari;
baholash materiallari va so‘rovnomalar;
maktablarni tanlab olish;
ma’lumotlarni boshqarish;
asosiy tadqiqotga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinmoqda.


Shuningdek, uchrashuv davomida IEA va ISC ekspertlari bilan O‘zbekistonning TIMSS 2027 tadqiqotidagi ishtiroki, tadqiqotni sifatli tashkil etish hamda xalqaro talablar asosida tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan alohida konsultatsiyalar o‘tkazilmoqda.

 O‘zbekiston vakillarining mazkur uchrashuvdagi ishtiroki TIMSS 2027 tadqiqotini mamlakatimizda xalqaro metodologiya va belgilangan talablar asosida samarali tashkil etish uchun muhim amaliy ahamiyatga ega.


#TIMSS2027 #TIMSS #IEA #XalqaroTadqiqotlar #NewUzbekistan

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech