Sun’iy intellekt ta’limda qanchalik samarali?
Abdulla Avloniy nomidagi institutda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi tanlab olingan maktab o‘qituvchilari uchun Eduten raqamli matematika platformasidan foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Jahon banki, Finlandiyaning Eduten tashkiloti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda A.Avloniy nomidagi institut hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida o‘qituvchilarga platformadan foydalanish va uni 5-sinf matematika darslarida qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
Loyiha doirasida platformaning o‘quv natijalariga ta’sirini baholash maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 440 ta maktabda tasodifiy nazoratli tadqiqot (RCT) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadqiqot natijalari sun’iy intellektga asoslangan ta’lim vositalarini ta’lim tizimiga samarali joriy etish bo‘yicha muhim xulosalar olishga xizmat qiladi.









