#menejerlik_kursi Bugun avgust oyida tashkil etilgan menejerlik o‘quv kursi tinglovchilarining yakuniy imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
35
26.08.2026
Imtihon davomida tinglovchilar maktab boshqaruviga oid real vaziyatlar yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy loyihalarini ekspertlar oldida himoya qilib, ta‘lim muassasalarini boshqarishga doir innovatsion yechimlarini taqdim etdilar.
Jarayonda ularning tahliliy fikrlashi, boshqaruv qarorlarini asoslay olishi hamda amaliy tayyorgarligiga alohida e‘tibor qaratildi.







