#Doktorantura Institutda mustaqil izlanuvchilikka qabul uchun suhbatlar o‘tkazildi

35 27.08.2026

Bugun A.Avloniy nomidagi institutda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktab ta’limi yo‘nalishi) hamda 13.00.07 – Ta’limda menejment (maktab ta’limi yo‘nalishi) ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul uchun suhbat jarayonlari o‘tkazildi.

Suhbatlarda talabgorlarning tanlagan ixtisosligi bo‘yicha bilim va tayyorgarligi, ilmiy izlanishga salohiyati hamda tadqiqot olib borish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Suhbat natijalariga ko‘ra, mazkur 2 ta ixtisoslik bo‘yicha jami 9 nafar talabgor mustaqil izlanuvchilikka tavsiya etildi.

Jarayonning muhim jihati — suhbatlar to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, natijalar real vaqt rejimida, talabgor suhbat xonasini tark etmasdan e’lon qilindi.


Ma’lumot uchun: 2026-yil IV choragi uchun mazkur ixtisosliklar bo‘yicha jami 12 nafar talabgor ariza topshirgan.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech