Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
A.Avloniy nomidagi institut huzuridagi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosliklari bo‘yicha tadqiqotchilarning dissertatsiya ishlari muhokama qilindi.
Seminar davomida:
➖ Eshkuvatov Jasur Buriboyevichning “Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarida kreativlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (UKR kurslari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi;
➖ Ishanova Barno Baxadirovnaning “Ta’lim samaradorligini oshirishda boshqaruv mexanizmlarini kollaborativ yondashuv asosida takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda dissertatsiya tadqiqotlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tadqiqotchilarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.









