#Bayram_shukuhi Institut xodimlari taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Abdulla Avloniy nomidagi institutda bir guruh xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev ishtirok etib, institut xodimlarini ulug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularning kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tiladi.
Tadbir davomida ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Taqdirlangan xodimlarni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi faoliyatida yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!









